Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya elchisining qotilligi ortida turgan shaxs ma'lum bo‘ldi
Rio-de-Janeyro politsiyasi tergovchisi Evaristo Pontes Magalyais Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi Kiriakos Amiridisning rafiqasi Fransuaza Amiridis elchining qotilligini rejalashtirgani va qotillik ijrochilaridan biriga 80 ming real (25 ming dollar) va'da qilganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Tergovchining aytishicha, huquq-tartibot muassasalarida bunday taxmin elchi raqifasining jazmani – Rio-de-Janeyro politsiyachisi Serjiu Moreyra Filyaga qarindosh bo‘ladigan Eduardu Moreyra di Melluni so‘roq qilingandan keyin paydo bo‘lgan.
"Eduarduning ko‘rsatmalari qotillik oldindan rejalashtirilganiga shubha qoldirmayapti. Bundan Fransuaza Amiridis unga rejani amalga oshirishda amakisiga yordam berishi uchun 80 ming real taklif qilgani ham darak bermoqda", deb aytdi tergovchi.
Magalyaisning aytishicha, politsiyachi elchining rafiqasi bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgani va elchini o‘ldirganini tan olgan. Qotilning aytishicha, u o‘zini himoya qilishiga to‘g‘ri kelgan. Uning aytishicha, elchi u va rafiqasi o‘rtasidagi aloqalarni bilgach, unga musht bilan tashlangan. Elchining rafiqasi o‘z aybini tan olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, elchining jasadi Rio-de-Janeyroda yongan avtomobil ichidan topilgan. Ta'kidlanishicha, elchi Braziliya poytaxti Braziliadagi elchixonada ishlagan, Rioga esa ta'tillarni o‘tkazish uchun kelgan.
Mavzuga oid
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
10:40 / 14.06.2026
JChda sensatsiyalar kuni. Qatar so‘nggi daqiqalarda gol urdi, Braziliya ochko yo‘qotdi
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026