Italiyaning Safilo kompaniyasi egasining kayfiyatini hisoblay oladigan közoynaklarni işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Közoynak ikki xil variantda işlanadi: oddiy şişa va rangli şişa. Yangi devaysning töliq taqdimoti 2017 yilning yanvarida Las-Vegasda, Consumer Electronics Show körgazmasi doirasida bölib ötişi kutilmoqda. The Daily Mail şu haqida xabar berdi. 

"Aqlli" közoynaklar körinişidan xuddi oddiy közoynakdek körinadi. U maxsus kamera va displeylarsiz bölsa-da, 5 datçikka ega. Bu datçiklar inson boş miyasidagi tölqinlar signallarini aniqlay oladi. Ular orqali olingan ma'lumotlar smartfondagi ilovaga yuboriladi. Ilova, öz örnida, uni tahlil qilib, közoynak egasining kayfiyatini va uning özgarişiga ta'sir qiluvçi omillarni  aniqlaydi. 

Aksessuar vazni - atigi 36 gramm, akkumulyator zaryadi esa qurilmaning bir hafta davomida töxtovsiz işlaşiga yetadi. Közoynak smartfonga Bluetooth orqali ulanadi. 

Ma'lumotlarga köra, Apple kompaniyasi ham şunga öxşaş devays ustida işlamoqda. "Olma" kompaniyasi gadjyeti odatiy linzalar örniga maxsus displeylar bilan ta'minlangan bölişi taxmin qilinmoqda. Manbada ta'kidlanişiça, mazkur displeyda tasvirlar, matnlar va boşqa ma'lumotlar aks etadi. Apple'ning sirli gadjyeti bejiz tilga olinmadi: gap şundaki, Safilo öz közoynaklarining ikkinçi versiyasiga ana şunday funksiyalarni qöşişni rejalaştirmoqda (birinçi versiya muvaffaqiyat qozongan taqdirda, albatta).