Maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlaş, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaş darajasini tubdan yaxşilaş, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etiş, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş maqsadida:

1. Quyidagilarni öz içiga olgan Maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça 2017-2021 yillarga möljallangan dastur (keyingi örinlarda Dastur deb yuritiladi):

maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça 2017-2021 yillarga möljallangan çora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2017-2021 yillarda maktabgaça ta'lim muassasalarini yangidan quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaşning asosiy parametrlari, moliyalaştiriş hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga muvofiq;

2017-2021 yillarda maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaş böyiça qisqa muddatli guruhlarni taşkil qilişning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilansin:

ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantiriş şaroitlarini yaratiş;

maktabgaça ta'lim sifatini oşiriş, maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlaşni tubdan yaxşilaş, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qöllaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etiş;

maktabgaça ta'lim muassasalarida 5-6 yoşdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaş böyiça 6100 ta qisqa muddatli guruhni taşkil etiş;

zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgaça ta'lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlaş va malakasini oşirişning öquv reja va dasturlarini takomillaştiriş;

2200 ta maktabgaça ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şu jumladan qişloq joylarda maktabgaça ta'lim muassasalarini yangidan quriş, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, öquv-metodik qöllanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlaş.

3. Maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça 2017-2021 yillarga möljallangan dasturning bajarilişini muvofiqlaştiruvçi respublika komissiyasi (keyingi örinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.