BMT boş kotibi Pan Gi Mun özini Zoluşkaga öxşatdi. Uning uçun ham bugungi yarim keça “hammasini özgartiradi”, deb yozadi Assoşieyted Press agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, taşkilot diplomatlari oldida çiqiş qilgan boş kotib özini “Zoluşka kabi his etayotgani, bunga esa yarim tunda uning holati ham özgarişi” sababligini aytib ötdi.

“Yangi yil arafasida men Tayms-Skverdagi şarni çiqariş marosimida bölaman (Nyu-York markazidagi an'anaviy yangi yil tadbiri - tah). Millionlab kişilar mening işimni yöqotişimga guvoh bölişadi”, - deya hazil qilgan BMT rahbari.

Xabar qilinişiça, u öz hamkasblarini “inson huquqlari va qadr-qimmatiga bor e'tiborlarini qaratişga” çaqirdi.

Birlaşgan millatlar taşkiloti rahbari Pan Gi Mun öz lavozimini bugun, 31 dekabr kuni tark etadi. U taşkilotni umumiy hisobda ön yil boşqardi. Portugaliyalik Antoniu Guterreş esa 1 yanvar kunidan BMTning yangi boş kotibi böladi.