Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Istanbuldagi tungi klubda sodir bölgan terakt munosabati bilan Turkiya rahbariga hamdardlik izhor qildi.

Angela Merkel bu hujumni noinsoniy harakat sifatida baholagan.

Yelisey saroyi saytida ma'lum qilinişiça esa, Fransua Olland Turkiya halqi bilan hamdardligini ifodalagan.

Şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham turkiyalik hamkasbiga hamdardlik yöllagan. U Rossiya terrorizmga qarşi kuraşda Turkiyaning eng yaqin hamkori bölib qolişini ta'kidlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Yangi yil bayrami vaqtida tungi klubga terrorçi bostirib kirib, atrofga öt soçişi oqibatida halok bölganlar soni 39 nafarni taşkil qildi.