Portugaliya terma jamoasi va «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu faoliyatining bu bosqiçida pul uning uçun qançalik iştiyoq bağişlaşi haqida gapirib ötdi.
«Mening maqsadim – öz darajamni saqlab qoliş. Menda futbol öynaş uçun yana bir neça yil bor. Men «Real» va Nike bilan ajoyib şartnomalar tuzdim. Şu yoşimda bunday katta şartnomalarga egalimdan baxtiyorman. Bu meni yanada köproq işlaş va öz sport formamni saqlab qolişga urinişga undaydi. Men uçun pullar – hayotdagi eng asosiysi emas. Men faqat özimni qulay his qiliş va faoliyatimni yakunlagaç, kimgadir qaram bölmaslikni istayman», – deya Ronalduning sözlarini keltirgan Goal.












