Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yölladi. Tabrik matni Özbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e'lon qilindi.

Aziz va muhtaram vatandoşlar!

Betakror diyorimizga yangi – 2017 yil kirib kelmoqda.

Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoşlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan çin qalbimdan tabriklayman.

Barçangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonç  tilayman.

Poyoniga yetayotgan 2016 yilda yurtimiz hayotida yaxşi kunlar, ulkan yutuq va marralar köp böldi. Şu bilan birga, afsuski, boşimizga oğir taşviş va sinovlar ham tuşdi.

Lekin bu sinovlar el-yurtimizni yanada birlaştirdi. Mard xalqimizning matonati tufayli biz bu sinovlardan ham munosib ötdik.

Yakuniga yetayotgan yil avvalo mustaqil Vatanimiz 25 yoşga tölgan yil sifatida tariximizda öçmas iz qoldirmoqda.

Ötayotgan yilni dehqon va fermerlarimiz, işçi va quruvçilar, öqituvçi va şifokorlar, jasur harbiylarimiz, olimlar, ijodkor ziyolilar – barça kasb egalari öz sohalari böyiça yoruğ yuz bilan yakunladilar.

Ayniqsa, yurtimiz sportçilari Olimpiada va Paralimpiya öyinlarida erişgan beqiyos yutuqlar mamlakatimiz şuhratini butun dunyoda yanada yuksaltirdi.

Bir söz bilan aytganda, ötib borayotgan yildan rozi bölib, har qança şukrona aytsak arziydi.

Qadrli döstlar!

Biz kirib kelayotgan 2017 yilga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nom berdik.

Buning negizida “Inson manfaatlari hamma narsadan uluğ” degan olijanob maqsad va vazifalar yotibdi.

Yangi yilda bu boradagi dasturiy vazifalarni amalga oşirişda barçamizning, avvalo, rahbar va yetakçilarning bir jonu bir tan bölib, astoydil mehnat qilişlariga işonaman.

Yurtimizda tinçlik va barqarorlik, taraqqiyot, özaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlaş bundan buyon ham asosiy vazifamiz bölib qoladi.

Aziz vatandoşlarim, qadrdonlarim!