Shveytsariyalik meteorologlar 2016 yilda 150 yil avval boshlangan kuzatuvlar davomidagi eng quruq dekabrni qayd qildilar.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yilning oxirgi oyida o‘rtacha 2 mm yog‘ingarchilik tushgan. Shveytsariya g‘arbidagi ko‘p hududlarda butun dekabr davomida biror parcha qor yoki biror tomchi yomg‘ir yog‘magan.

Odatda dekabrda Shveytsariyada 90 mm yog‘ingarchilik tushadi.

2016 yilgi dekabr Shveytsariyada kuzatilgan eng quruq oylar orasida 1893 yil apreli (1,1 mm) va 1865 yil sentabridan (1,7 mm) keyin uchinchisi bo‘ldi.