Ma'lumki, tibbiyot bir joyda turmay, muntazam rivojlanib keladi. Kun sayin davolaşning yangi texnologiyalari, yangi taşxis usullari va tibbiy gadjyetlar kaşf qilinmoqda. 2016 yil tibbiyot va soğliqni saqlaş sohasida turli hodisalarga boy böldi. Hi-News ularning eng asosiylarini yodga soldi.
1. Asos hujayralar

Asos hujayralar butun dunyo olimlari tadqiqotlarining obektlari va muhokama mavzulariga aylanganiga ança böldi. 2016 yil ham xuddi şunday keçdi. Mazkur sohada köp izlanişlar olib borildi. Hattoki sun'iy asos hujayralarini yaratişga muvaffaq bölindi. Asos hujayralaridan foydalanişning eng samarali usullaridan biri ular yordamida davolaş hisoblanadi. 2016 yilning boşida olimlar birinçi marta şol bölgan kişilarni oyoqqa turğizişga muvaffaq bölişdi. Tajriba Stenford universiteti bazasida bölib ötdi, unda 33 yoşdan 75 yoşgaça bölgan 18 nafar kişi iştirok etdi. Ularning barçasi tajribadan ança avval falajga yöliqqan bölgan. Tadqiqot davomida şifokorlar miyaning şikastlangan qismiga asos hujayralar inʼeksiyasini yuborişdi. Ilk oydanoq bemorlarda ijobiy tomonga özgariş sezildi, ya'ni ularning sezuvçanligi va harakatlaniş faolligi yaxşilandi. Yil oxiriga borib, tadqiqotning ba'zi iştirokçilari allaqaçon yöqotgan funksiyalarini qayta tiklab, oyoqqa turişga muvaffaq bölişdi.
2. Diabet bilan kuraşiş

Diabetni nazorat qiliş mumkin bölsa-da, uning hanuz davosi yöq. Olimlar 2016 yilda oşqozon osti bezini çöçqalardan köçirib ötkazişni taklif qilişdi, qondagi qand miqdorini nazorat qiluvçi maxsus plastir işlab çiqişdi va hatto bionik oşqozon osti bezini qöllaş böyiça sinovlar seriyasini muvaffaqiyatli ötkazişdi.
Biroq eng ahamiyatga molik hodisa - qand miqdori darajasini nazorat qilişga yordam beruvçi sun'iy hujayralarning yaratilişi desak, mubolağa bölmaydi. Bu hujayralar maxsus kapsulaga solingan va ular qondagi qand miqdorining özgarişiga javoban insulin işlab çiqara oladi. Bu usul hozirça faqat kemiruvçilarda sinab körildi, lekin 2017 yilda uni insonlarda sinab köriş rejalaştirilmoqda.
3. Saratonni davolaşning yangi usuli














