Intellekt darajasini oşiriş va miyani işlaşga majburlaş öylaganingizdan-da osonroq. Layfxaker naşri sizga aql salohiyatini oşirişning 10 oddiy, ilmiy sinalgan usulini taqdim etadi.
1. Miyani işlating
Agar siz heç bölmaganda bir marta hozirgidan-da aqlli böliş mumkinligi haqida öylab körgan bölsangiz, juda yaxşi. Intellektual xususiyatlarni rivojlantirişga oid fikr-mulohazalar maqsadga erişiş yölidagi ilk qadamdir.
Qiziquvçan böling, doimo yangi bilimlar orttiring, özingizni qiziqtiruvçi jarayonlarni örganing, tuşunarsiz narsalarning tubiga yeting. Şunda atrofingizda örganilmagan qança narsalar borligini körib hayratlanasiz.
Nima qiliş kerak?
Miyani foydali iş bilan band qiling, biror yangi maşğulot bilan şuğullaning. Yangi könikmalarga ega böliş aqliy faoliyatingizda ijobiy aks etadi.
2. Kitob öqing
Öqiş nafaqat söz boyligi va dunyoqaraşni kengaytiradi, balki tasavvurni rivojlantirişga ham yordam beradi. Kitob mutolaa qilayotganimizda biz yangi dunyoga şönğib ketamiz. Agar siz hissiy intellektingizni oşirmoqçi bölsangiz, yaxşi kitoblarni köproq öqing. Bu miya faoliyatini yaxşilaşning eng samarali usullaridan biridir.
Nima qiliş kerak?
Kutubxonaga a'zo böling, onlayn kitoblarni öqiş mumkin bölgan servisga yoziling, ançadan beri öqişni niyat qilgan kitoblaringiz röyxatini tuzing. Öz oldingizga har oyda bittadan kitob öqişni maqsad qilib qöying.
3. Hissiyotlarga erkinlik bering
His-tuyğularimizni nazorat qilişga yordam beruvçi hissiy intellekt mavjud, şuningdek tizimli fikrlaşimizga javobgar ratsional intellekt bor. Qoidaga köra, köproq ratsional intellektga e'tibor qaratiladi, biroq buni esa töğri deb bölmaydi.
Mavzuga oid
Hissiy intellekt haqida ham unutmaslik kerak, zero u doimiy özgarişlarga moslaşiş va muammolarni operativ hal qilişga yordam beradi.
Nima qiliş kerak?
Hissiyotlaringiz haqida gapirişdan qörqmang. Işda yoki uyda nimadandir norozi bölsangiz, atrofingizdagilar bu haqida qisman xabardor bölişlari kerak, şunda oldingizdagi muammoni birgalikda hal qiliş imkoni paydo böladi. Muammo yeçimi har doim ham topilavermaydi, albatta, biroq siz özingizga ziyon yetkazuvçi his-tuyğularni içingizda saqlab ötirmaysiz.
4. Kundalik harakatlarga özgariş kiriting
Bu usul kimgadir bema'ni tuyulişi mumkin bölsa-da, samaralidir. Tişlaringizni odatda könikkan qölingiz bilan emas, boşqasi bilan tozalaşga urinib köring. Kompyuter siçqonçasini boşqa qölda işlatib köring. Uddalay olasizmi?
Kundalik harakatlarimizga özgarişlar kiritsak, miyamiz özgarişlarni inobatga olgan holda, qanday qilib xuddi avvalgidek natijaga erişiş mumkinligi haqida öylaşga majbur böladi. Bu miya faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi.
Nima qiliş kerak?
Miyangizni kutilmagan qarorlar qabul qilişga majburlang. Işga yangi yönalişdan boring, notaniş şaharda xaritalar böyiça harakatlanişni örganing, döstlaringiz bilan xorijiy tilda suhbatlaşing.
5. Qidiruv xizmatlarini tinç qöying
Biz deyarli har kuni qandaydir yangi ma'lumotlarni qidiramiz, bunga naqadar oson erişayotganimiz va ularning miyamizdan naqadar tez çiqib ketişi haqida esa hatto öylab ham ötirmaymiz. Bor-yöği ikki klikni amalga oşirasiz - qarabsizki, javob tayyor.
Internet — kerakli ma'lumotni topişning eng oddiy usuli, albatta. Biroq u bizning miyamizni juda yalqov qilib qöyadi, çunki bilmagan narsamiz haqida boş qotirib ötirişga hojat qolmaydi.
Nima qiliş kerak?
Qidiruv xizmatlari, tarjimon ilovalar, konverterlar va kalkulyatorlardan vaqtinçalik foydalanmaslikka harakat qilib köring. Hisob-kitoblarni miyangizda bajarişga urinib köring yoki yuzaga kelgan savollarga javoblarni kitoblardan qidiring. Ha, bu ança köp vaqt oladi, biroq miyani işlatişga, sizni esa - ma'lumotlarni eslab qolişga majbur qiladi.
6. Intellektual öyinlar öynang
Miya faoliyatini rağbatlantiruvçi öyinlar va dasturlar odatda nevrapatologlar va kognitiv psixologlar tomonidan miyaning muayyan bölimi faoliyatini yaxşilaş maqsadida işlab çiqiladi. Öyinlarning turi köp: biri xotirani mustahkamlaydi, boşqasi esa - diqqatni jamlaydi, uçinçisi kenglikdagi yönalişni yaxşilaydi.
Nima qiliş kerak?
Xotirangizni mustahkamlamoqçimisiz? Turli ketma-ketliklarni eslab qolişga yordam beradigan öyinlarni öynang. Kuzatuvçanlik qobiliyatini rivojlantirmoqçimisiz? Har xil buyumlarni qidiriş talab qilinadigan öyinlarni öynang. Miyani rivojlantiriş usulini özingiz tanlab olişingiz mumkin.
7. Özingiz bilan özingiz suhbatlaşing
Köpçilik insonning özi bilan özi suhbatlaşişi ruhiy beqarorlikka işora qiladi, deb hisoblaydi. Biroq yaqinda buning aksi ekanligi isbotlandi - bunday suhbatlar miya faoliyatini rağbatlantirar ekan.
Özingiz bilan özingiz suhbatlaşganingizda ma'lumotni tizimlaştiriş va soddalaştirişga örganasiz, bu esa muammolarni yanada samarali hal qilişga yordam beradi. Albatta, jamoat joylarida özingiz bilan suhbatlaşiş maqsadga muvofiq emas, lekin uyda bemalol şunday qilişingiz mumkin.
Nima qiliş kerak?
Ovozingizni çiqarib öqing, tez aytiş ayting, şe'r yodlang yoki qöşiq kuylang. Agar biror narsani eslab qolişga urinayotgan bölsangiz, u holda buni özingizga göyoki birovga tuşuntirayotgandek singdiring. Ma'lumotni turli yöllar bilan yetkazing: xuddi hamkasbingiz yoki bola bilan suhbatlaşayotgandek. Bunday texnika ma'lumotni yanada yaxşi özlaştiriş va tuşuniş imkonini beradi.
8. Fikrlaringizni qisqa bayon etişni örganing
Bunda sizga ijtimoiy tarmoqlar yordam berişi mumkin. Masalan, Twitter tarmoğida qoldiradigan yozuvingiz 140 belgidan oşmasligi kerak. Buni qarangki, Twitter'dan foydalanib, öz fikrlarimizni aniq va qisqa bayon qiliş hamda ma'lumotni tizimlaştirişni örganar ekanmiz.
Nima qiliş kerak?
Twitter'ga a'zo böling, bir varaq qoğoz toping yoki telefondagi yozuvlar ilovasini oçing va öz fikrlaringizni unga tuşiring. Siz bu iş bilan istagan vaqtingizda şuğullanişingiz mumkin, bu biroz bölsa-da çalğişingizga yordam beradi.
9. Tillarni örganişga kirişing
Til örganayotganimizda miyamiz faol işlaydi: yangi sözlarni eslab qoliş davomida biz xotiramizni mustahkamlaymiz, avval qilmagan narsalarimizga urinib köramiz, boşqa tilda fikrlaşga harakat qilamiz. Bularning barçasi dunyoga boşqaça köz bilan qaraş imkonini beradi.
Bir neça tilda suhbatlaşuvçi kişining miyasi birgina tilda sözlaşuvçilarnikiga nisbatan ança samaraliroq işlaydi.
Nima qiliş kerak?
Xorijiy tillarni oson va qiziq örgatadigan servis va ilovalarni toping. Bugungi kunda yangi tilni örnişga yordam beruvçi resurslar köp. Suhbat könikmalarini maşq qilişni unutmang va albatta şu tilda suhbatlaşa oladigan insonni toping - u bilan suhbatlaşib yoki xat yozişib könikmalaringizni oşirasiz.
10. Aqlli insonlar bilan köproq muloqot qiling
Atrofimizdagi insonlar ba'zan bizga özimiz istaganimizdan-da köproq ta'sir ötkazişadi. Şu bois sizga tuşunarsiz bölgan masalalarda yordami tegişi mumkin bölgan insonlar bilan döst tutining.
Nima qiliş kerak?
Muloqot doirangizni kengaytiring va sizlarni ezgulikka çorlaşi mumkin bölgan kişilar bilan tanişing. Öz qiziqişlaringizdan kelib çiqib, biror bir maşğulot bilan şuğullaning va u yerda ham döstlar orttiring.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi