«Tribuna» Boxing Day kunlarida tanaffussiz öynayotgan ingliz klublari öyinlarini yoritişda davom etadi. 1 yanvar kuni 19-tur öyinlari ötkazilgan Angliyada 2 yanvar kuni 20-tur uçraşuvlari boşlanadi va 3 kun davomida muxlislar Angliya futbolidan bahra olişadi.

Quyida uçraşuvlar anonsi va prognozlar.

2 yanvar
17:25 «Midlsbro» — «Lester» — «Matç TV»
«Midlsbro» ötgan turda «Old Trafford»da ğalaba qozonişi mumkin bölgandi, ammo buning uçun Valdesning mahorati va tajribasining özigina kamlik qildi. «Midlsbro»ning hujum çiziği şu kuni köngildagidek öynamadi. Amaldagi çempion «Lester»ning bu mavsumdagi öyinlari qovuşmayapti. Qolaversa, bu jamoa bu mavsumda hali safar öyinlarida biron marta ham ğalabaga erişmagan. Klaudio Raneri şogirdlariga bu safar ham qiyin bölişi mumkin: «Midlsbro» öz uyida autsayderlarni faqat yengmoqda. Prognoz: 1:1.

19:55 «Mançester Siti» — «Byornli» — «Matç TV»
Liverpuldagi uçraşuv şuni körsatdiki, «Mançester Siti»hali ham oqsoqlanişda davom etmoqda, Aguero safga qaytgani «şaharliklar» öyinini kuçaytirib qöymagan. Lekin Pep Gvardola jamoasi yarim kuç bilan ham «Byornli»ni yenga olişi kerak: bu öyinda mehmonlar maydonning ikkinçi qismiga kam ötişadi va himoyalaniş bilan maşğul böladi. Lekin «Mançester Siti» bunday raqiblarga qarşi köp öynadi va ğalaba qozondi. Qolaversa, «Byornli» bu mavsumda safar uçraşuvlarida atigi 1 oçko olgan. Prognoz: 2:0

19:55 «Sanderlend» — «Liverpul» — «Matç! Futbol 1»
«Sanderlend» mağlubiyatga uçraşda davom etmoqda, Devid Moyyesni esa haydaşmayapti. Ikkinçi davraning ilk uçraşuvida ham «qora muşuklar» turnir jadvalida ikkinçi örinni egallab turgan «Liverpul»ga qarşi nimadir öylab topişiga işoniş qiyin. Bu jamoalarning «Stedium of Layt» stadionida keçgan oxirgi uç uçraşuvi mersisaydliklar ğalabasi bilan yakunlangan. Bu uçraşuvda ham Yurgen Klopp 2 oldin öyin ötkazgan futbolçilarini öynatmasdan, rotatsiyalar amalga oşirgan taqdirda ham osonlik bilan 3 oçko olişi mumkin. Prognoz - 0:2.

19:55 «Everton» — «Sauthempton» 
Boxing Day boşlanganida «Arsenal»ni yenggan «Everton» muvaffaqiyatlarini davom ettira olmadi: jamoa keyingi 2 turda bir oçko oldi. Ammo «Sauthempton»ga qarşi öyinda liverpulliklar favorit hisoblanişadi, bu jamoa raqibdan bir kun köproq dam oldi (oxirgi uçraşuvini 30 dekabr kuni ötkazgan), Ronald Kuman esa sobiq jamoasini juda yaxşi biladi. «Sauthempton» keyingi vaqtlarda barqaror öynay olmayapti, jamoa oxirgi 2 uçraşuvida kamçilik bölib öynadi va yutqazdi. Prognoz - 3:1.