Braziliyada erkak uning sobiq rafiqasi Yangi yilni nişonlayotgan uyga bostirib kirib, 10 dan köproq odamni otib taşlagan. Bu haqda Assoşieyted Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Politsiya vakili Marta Aureliyaning aytişiça, erkak yonida turli qurol bölgan. Qurbonlar orasida qotilning rafiqasi va uning oila a'zolari bölgan. Voqea Kampinas şahrida yuz bergan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, erkak hujumdan keyin özini öldirgan. Politsiya vakilining ma'lum qilişiça, halok bölganlar soni 13 kişini taşkil qiladi, biroq bunda qotilning özi hisobga olingan-olinmagani noma'lum.