Internetda 1 yanvar kuni Istanbul şahridagi tungi klubga Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan terrorçining hujum qilişi tasvirlangan videolar tarqalmoqda.

Videolardan birida terrorçi Reina tungi klubiga kiraverişda soqçini otgani va odamlar har tomonga qoça boşlagani körinadi.

U bino içiga kirib, odamlarni birma-bir ta'qib qilib, "ovlagan".

Uşbu hujum arafasida binoda 600 çoğli kişi bölgan. Terrorçi 39 kişini öldirgan va 69 kişini yaralagan. Qurbonlar orasida 16 davlat fuqarolari, jumladan Hindiston, Kanada, Suriya, Isroil, Tunis, Iroq, Livan, Belgiya va Saudiya Arabistoni fuqarolari bor edi.

Avvaliga terrorçi politsiya tomonidan yöq qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.

Bundan oldinroq, politsiya uşbu terrorçi IŞIDga a'zo bölgan özbekistonlik bölişi mumkinligi haqida ma'lumot tarqatdi.