Iroqdagi IŞID jangarilari bilan kuraş Fransiya hududida teraktlar sodir etilişining oldini olişda yordam bermoqda. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qildi.
Avvalroq, Olland Bağdod şahriga harbiy xizmatçilar bilan uçraşiş maqsadida kelgani xabar qilingandi. Ular xalqaro koalitsiya tarkibida IŞID bilan kuraşda iştirok etişmoqda. Fransiya prezidenti taşrif davomida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar bilan muzokaralar ötkazişi ham kutilmoqda.
"Iroqda terrorçilik bilan kuraş böyiça qabul qilingan çoralar - bu bizning hududda terakt sodir etilişining oldini olişdir", - deya Ollandning bayonotidan iqtibos keltiradi Frans Press agentligi.
"Iroqning tiklanişiga yordam beruvçi barça vositalar - bu IŞID tomonidan bizning yerimizda amalga oşirilişi mumkin bölgan harakatlarning oldini olişga qöşimça talabdir", - ta'kidlab ötdi Fransiya rahbari.
IŞID bugungi kunda dunyo xavfsizligi uçun eng katta tahdidlardan biri sanaladi. Terrorçilar uç yil davomida Iroq va Suriyaning katta hududlarini bosib olişdi. Ularning bir qismi esa sönggi oylarda qaytarib olingan. IŞID bilan kuraş böyiça yagona front mavjud emas: jangarilar bilan Suriya hukumat qöşinlari Rossiya havo kuçlari kömagida, Iroq armiyasi, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya, şuningdek kurdlar, livanlik va iroqlik şialar köngillilari kuraş olib bormoqda.

















