Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga va qardoş turk xalqiga Istanbul şahrida sodir etilgan mudhiş terrorçilik harakati oqibatida köplab insonlarning halok bölganligi munosabati bilan ta'ziya izhor etdi.
Davlat rahbari öz maktubida qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyğularini yetkazib qöyişni söradi, jarohat olganlarga qisqa muddatda soğayib ketişlarini tiladi.
Eslatib ötamiz, 1 yanvar kuni Istanbul şahrining Yevropa qismida joylaşgan tungi klublardan biriga Kalaşnikov bilan qurollangan noma'lum şaxs bostirib kirib, odamlarni öqqa tutdi. Natijada 39 kişi halok bölib, 69 kişi jarohatlandi.











