Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari özini Urganç universiteti xodimi deb taniştirgan firibgarni qölga olişdi.
“Na postu” gazetasining bildirişiça, Xorazm viloyatining Urganç tumanilik Nodirbek (ism özgartirilgan) öz tanişiga Urganç davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, undan tört ming AQŞ dollarini “qurtdek” sanab olgan.
Şuningdek, uşbu şaxs yana ikki kişini ham çuv tuşirgan va ulardan sakkiz ming dollarni olgan.
Naşrning bildirişiça, Nodirbek turli firibgarlik yöllari bilan hammasi bölib 14 ming AQŞ dollaridan ortiq mablağni qölga kiritgan.
Uşbu holatlar böyiça jinoyat işi qözğatilib, sud firibgarni tört yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi.












