Rossiya çempionati yulduzlaridan yana biri kuçli beşlikni emas, xitoyliklarning pullarini tanladi.
«Zenit»ning belgiyalik yarim himoyaçisi Aksel Vitsel Italiyaning «Yuventus» jamoasiga emas, Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» jamoasiga ötadi.
27 yoşli uşbu xavbek Fabio Kannavaro boş murabbiy sifatida işlayotgan jamoa bilan 3 yillik şartnoma imzolagan. Futbolçi «Şanxay Telleys» taklifini ham rad etgan.
Yarim yildan keyin piterliklar jamoasini erkin agent sifatida tark etişi mumkin bölgan futbolçini jamoa 7 million yevroga pullagan. Şuningdek, qöşimça maoşlar ham közda tutilgan. Futbolçining öziga 25 million yevro miqdorida yillik maoş tayinlangan.
Avvalgi xabarlarda Xitoy klublari Vitsel uçun yiliga 18 million yevro tölaşga tayyor kani xabar qilingandi. «Tyantszin Tsyuantszyan» Xitoy Superligasining debyutanti hisoblanadi.
Futbolçi uni qölga kiritiş uçun 1 yildan buyon harakat qilib kelgan «Yuventus»dan uzr söragan.
Tuttosport naşri belgiyalik futbolçining Turin klubiga aytgan quyidagi sözlarini keltirdi: «Afsus, ammo bunday takliflarni rad qilib bölmaydi».












