AQŞning Arizona ştatida egizak aka-ukalar Everett va Soyyer Şey 11 daqiqalik farq bilan, biroq şu bilan birga ulardan biri 2016 yilda mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da, ikkinçisi esa 2017 yil soat 00:01da dunyoga kelişdi. Bu antiqa voqea haqida USA Today portali ma'lum qildi. 

Bolalarning ota-onalari Brendon va Xolli Şeyning aytişiça, nazariy jihatdan ular şunday bölişini taxmin qilganlar: ayol tuğruqxonaga yangi yil kirişidan bir neça soat oldin olib kelingan. Juftlik 4 va 13 yoşli qiz farzandlari borligi sababli öğil farzand körganidan xursand ekanligini aytdi.

"Öğil farzandlar bölsa, yaxşi. Xuş kelibsan oilaga, testosteron", deb hazillaşgan bolalar otasi.