Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan GLA krossoverining ilk suratini namoyiş etdi. U Detroytdagi avtosalonda 9 yanvar kuni taqdim etiladi.
Yöltanlamasda radiator panjarasi, faralar va oldingi bamper özgaradi. Boşqa yangilanişlar haqida ma'lumotlar berilmagan.
GLA krossoverining avvalgi nusxasi MDHdagi ba'zi bir davlatlarda uçta tört tsilindirli turbomotorlarga ega bölgan holda taklif etilmoqda.

Mercedes-Benz kompaniyasi 2016 yilning yozida yangi modellarni işlab çiqariş böyiça rejaga oid hujjatni taqdim etgandi. Unda 2017 yilda S-sinfidagi sedan, Ye-sinfidagi kabriolet, şuningdek GLA’ning yangilangan nusxalari namoyiş etilişi körsatilgan.











