Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qisqa muddatli ta'tilda, deb xabar beradi Tengrinews.kz mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asosan.

Davlat rahbarining rasmiy saytida prezident qisqa muddatli ta'tilga çiqqani haqida ma'lumot berilgan.

Avvalroq, Nursulton Nazarboyev barça qozoğistonliklarni kirib kelgan yangi 2017 yil bilan tabriklab, bu yil "butun Qozoğiston va har bir qozoğistonlik uçun özgaça bölişi"ni ta'kidlab ötgandi.

"Mamlakatimiz yirik xalqaro tadbirlarni qabul qilib oladi. Olma-otada butunjahon qişki Universiada bahslari ötkaziladi hamda unda qatnaşiş uçun rekord miqdordagi davlatlardan eng yaxşi sportçilar keladi. Ostona esa butun dunyodan taşrif buyuradigan mehmonlarni EXPO "Kelajak quvvati" körgazmasida kutib oladi. Qozoğiston BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy bölmagan a'zosi sifatidagi öz majburiyatlarini bajarişga kirişadi. Bularning barçasi davlatimizga bölgan jiddiy işonçdan darak berib, uning rivojlanişi uçun yangi rağbatdir", - dedi Qozoğiston rahbari.

Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, Ostonada 23 yanvar kuni Suriya böyiça muzokaralar ötkazilişi kutilmoqda. Avvalroq Nursulton Nazarboyev Putin va Erdöğan bilan telefon orqali muloqotda uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlab, Qozoğiston poytaxtida bunday muzokaralarni ötkaziş uçun barça şaroitni yaratişga tayyorligini bildirdi.