Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta diplom sotish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va Soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti vakillari soxta hujjatlarni sotish bilan shug‘ullangan firibgar ayollarni qo‘lga olishdi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi "Qizil Qaqir" qishloq fuqarolari yig‘inida yashovchi 50 yoshli tadbirkor Marhabo Baratova qalbaki hujjatlar sotish bilan shug‘ullangan.
"Tezkor xodimlar Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi ayolning arizasiga asoslanib, Baratovani 4 ming dollar olayotganida qo‘lga oldilar. Firibgar ayol bu pullarga oliy ta'lim muassasasini bitirganlik haqida 2 ta soxta diplomni sotmoqchi bo‘lgan", deb aytildi xabarda.
Tergov davomida ayol Bag‘dod tumani Qo‘shtegirmon qishlog‘ida yashovchi N.Kenjayeva bilan Qirg‘iziston oliy ta'lim muassasalarini bitirganlik haqida diplomlarga ega bo‘lgan uch kishiga O‘zbekistonda ularning bu diplomlari nostrifikatsiyadan o‘tgani (xorijiy hujjatlarning tan olinishi) haqidagi qalbaki ma'lumotnoma sotganlar. Ayollar bu "xizmatlari" uchun 3 ming dollar olganlar, deb yozmoqda Sputnik nashri.
Ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026