AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp Meksikada avtomobillar işlab çiqarib, ularni AQŞga boj tölovisiz olib kiradigan General Motors kompaniyasini tanqid qildi.
Tramp kompaniya Meksikada yiğilgan avtomobillarni AQŞda heç qanday boj tölovisiz dilerlarga topşirişini aytdi.
"Ularni AQŞda yasang yoki çegara bojini tölang", deb yozgan Tramp tviterda.
AQŞda iş örinlarini saqlab qoliş va mamlakatdagi işlab çiqarişning arzon iş kuçiga ega davlatlarga köçirilişi hamda immigratsiya Tramp kampaniyasining boş saylovoldi mavzusi bölgan. Tramp AQŞga iş örinlarini qaytariş uçun Transt-Tinç okean kelişuvini bekor qilmoqçi. Tramp tanqidçilarining aytişiça, AQŞ rivojlanayotgan davlatlarda tölanadigan maoşlar bilan raqobat qila olmaydi.












