AQŞ harbiy-havo kuçlarining B-52 strategik bombardimonçi samolyoti öquv parvozini amalga oşirayotgan çoğda kutilmagan hodisa röy berdi. HHK qömondonligi bayonotiga köra, samolyotning dvigateli Şimoliy Dakota ştatidagi Maynot bazasidan 46 km şimoli-şarqda qanotidan tuşib ketgan. 

Mavjud ma'lumotlarga köra, hodisadan jabrlanganlar yöq. Dvigatelidan mahrum bölgan samolyot yerga heç qanday talofatsiz qöngan. Yadro kallaklari örnatilgan bombalarni elta oladigan B-52 samolyotiga Pratt & Whitney kompaniyasida işlab çiqilgan 8ta turbovintli dvigatel örnatilgan. Samolyotning parvozi çoğida, uning bortida 5 kişidan iborat ekipaj a'zolari bölgan. 

Hozirda suriştiruv işlari borilmoqda hamda hodisa sabablari aniqlanayapti. Yerga qulagan dvigatel topilgan va yiğib olingan, deb yozgan Defense News haftaligi elektron nusxasida.

B-52 samolyoti – Amerikaning eng keksa oğir, uzoq masofaga uça oladigan bombardimonçi havo layneridir. U 1955 yildan beri harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hozirda, AQŞ HHK tarkibida 76 ta şu rusumdagi samolyot mavjud. Ularning har biri 31,5 tonn qanotli raketalar, bomba va minalarni taşiy oladi. Ular 2040 yilgaça foydalanilişi taxmin qilinyapti.