Yevroparlament (YeP) yangi rahbarligiga Italiya sobiq boş vaziri Silvio Berluskonining dösti Antonio Tayani saylanişi mumkin. Bu haqda RIA Novosti YeP’dagi manbaga asosan xabar berdi.

Martin Şults noyabrda Yevroparlament raisligidan ketib, Germaniyada joriy yilda bölib ötadigan saylovlarda GSDPning Şimoliy Reyn-Vestfaliyadagi saylov röyxatini boşqariş niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Assambleyaning yangi rahbari saylovlari 17 yanvarga rejalaştirilgan, u yaşirin ovoz beriş orqali aniqlanadi.

Martin Şults

Antonio Tayani ayni damda YeP raisi örinbosari lavozimini egallab turibdi, bunga qadar Yevrokomissiya rahbari örinbosari bölib işlagan.

"Tayanida eng köp imkoniyatlar bor. Boşqa nomzodlar orasida yevropalik sotsialistlar va demokratlar fransiyasi vakili Janni Pitella hamda Belgiya sobiq boş vaziri Ni Verxofstadtda ança yuqori imkoniyatlar mavjud", - deya aytib ötgan RIA Novosti suhbatdoşi.

Uning eslatişiça, Tayani a'zosi hisoblanuvçi Yevropa xalq partiyasi Yevroparlamentda 751 mandatdan 216 tasiga ega.

Antonio Tayani