Xitoyning Ehang kompaniyasi EHang 164 yölovçi muqobil taksi sinov parvozini namoyiş etdi. Videolavha Aviation Week naşrining Youtube sahifasiga joylaştirilgan. EHang 164 dron taksisining parvoz sinovi 2016 yilda ötkazilgan. Mazkur dron konsepsiyasi CES 2016 körgazmasida namoyiş etilganidan bir yil ötgaç, uning sinov parvozlariga doir videolavhalar paydo böldi. Ötgan yilning örtalarida kompaniya qurilmaning kiçraytirilgan prototiplarini sinab körgan edi. EHang yangi sinovlari çoğida boşqaruvçanligi, epçilligi va tungi vaqtlarda parvoz qiliş imkoniyati körib çiqilgan.
EHang 164 kvadrokopterga öxşaş şaklda işlab çiqilgan bölib, parraklarning har bir tutqiçiga ikkitadan elektr motor örnatilgan. Motorlar yordamida pastga va yuqoriga qaratilgan parraklar harakatga keltiriladi. Xabarlarga köra, uşbu taksi 100 kggaça bölgan yölovçini manziliga elta oladi. U soatiga 100 km tezlikkaça harakatlanib, 23 daqiqa havoda parvoz qilişi mumkin.
Kompaniya 2017 yilda dron taksining kengaytirilgan sinovlarini ötkazişni rejalaştirgan. Bunda yuk ortilgan holda parvozlar amalga oşiriladi hamda 4G standartidagi aloqa tarmoği yordamida dronni boşqariş sinab köriladi. Bundan taşqari, işlab çiqaruvçi Ehang dron taksilarini boşqariş markazining sinovini ham boşlaydi. Markazdagi operatorlar bir neça önlab qurilmalarni nazorat qilişlari mumkin böladi.












