Qozoğiston davlat kotibi Gulşaroy Abdixalikovaga tegişli ikki sovğa gosreestr.kz (davlat mulki reyestri) elektron savdo maydonida sotuvga qöyildi. Bu haqida Tengrinews.kz naşri xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, 2016 yilning dekabrida Qozoğiston davlat kotibiga Afrika delegatsiyasi tomonidan sovğalar (fotosurat va vino) topşirilgan. Şundan keyin bu sovğalar Qozoğiston Respublikasi Davlat mol-mulk va privatizatsiya qömitasi qoşidagi maxsus fondga yöllangan. Mansabdor şaxslar tomonidan xizmat vaqtida olingan sovğalar aynan şu fondga topşiriladi.
Gulşara Abdixalikovaga berilgan sovğalar dastlab davlat organlariga taklif etiladi. Davlat organlarining heç biri bu sovğalarga qiziqiş bildirmagan taqdirda, ular gosreestr.kz saytidagi elektron savdo maydonida sotuvga qöyiladi. Sovğalar savdosidan tuşgan mablağlar davlat byudjyetiga kelib tuşadi.












