Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi tomonidan Qozoğiston respublikasining Belarus respublikasidagi katta buxgalteri Seydualiyev A. qölga olingan. Bu haqda ma'muriyat matbuot xizmatiga asoslangan holda Nur.kz sayti xabar qilmoqda.
Aniqlanişiça, Seydualiyev 2012-2015 yillar mobaynida qalbaki kassa xarajatlari orderlarini tuziş yöli bilan 207 ming AQŞ dollari miqdoridagi byudjyet mablağlarini özlaştirgan. Hujjatlarda elçixona binosi qurilişi uçun boş pudratçi «Aktivbiznesplyus» MÇJga pul ötkazilgani qayd etilgan, deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, uşbu davrda Seydualiyev elçixonaga Belarus Respublikasi soliq idoralari tomonidan qaytarilgan 474 ming 883 dollar miqdoridagi qöşimça qiymat soliqlarini ham ömargan.
Şu bilan jami noqonuniy özlaştirilgan mablağ 681 883 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Tergov jarayoni davom etmoqda.

















