Xayriya faoliyati böyiça maslahatçi va yozuvçi Jyenni Santi boylikka ega bölişdan köra, u bilan bahramand böliş insonga qançalar foyda keltirişi haqida fikr yuritdi.

“Uzoq yillar davomida jamiyatning turli qatlamlaridagi xayriya bilan şuğullangan yuzlab kişilarning ğoyalarini yiğdim – ular orasida ajoyib tadbirkorlar, talabalar, mehnatni yaxşi köruvçi faollar, köngillilar va hattoki kiçik yoşdagi bolalar ham bor edi. Ularning barçasi ma'lum miqdordagi öz mablağlaridan yurakka yaqin bölgan nimanidir bölişiş istagida voz keçişgan. Ularni kuzatgaç, siz öz pullaringiz bilan bölişsangiz, qalbingizdan nimalar keçişini bilib oldim. Demak xayriya maqsadida mablağ beruvçi milliarderlar: 

1.  Rohat oladi

Men faollar va xayriyaçilardan öz pullarini uruşga, turli dori vositalarini jonivorlarda sinab körişga qarşi yoki inson huquqlariga boğliq tarğibot işlari bilan şuğullanuvçi loyihalarga berişsa, qalblaridan nima keçişiga qiziqdim. Faol hayotiy pozitsiyasiga ega bölgan kişilar özlarini baxtli his qiladi va ğam-ğussadan aziyat çekişmaydi.

2.  Köplab ajoyib insonlarni uçratiş imkoni

MTV asosçilaridan biri Tom Freston köngillilar işi haqida şunday fikrlarni bildirib ötgan: «Bitta eşik 10 ta eşikni oçadi. Xayriya işi mening döstlarim safini ajoyib insonlar bilan yanada töldirdi». 

3.  Şaxsiy muammolarni bartaraf etiş mumkin

«Yaşirin alkogoliklar» guruhi iştirokçilari orasida ötkazilgan sörovga köra, ularning boşqalarga yordam beradiganlari dastur boşlanganidan bir yil ötib ikki marotaba köproq huşyor bölişar ekan. Ruhşunoslarning ma'lum qilişiça, bu «jarohat olgan tabib prinsipi» deb ataladi. Biz boşqalarga yordam berganda, özimizga ham kömak berişimizni unutmang.

4.  Boyroq böliş

Ba'zi bir hollarda öz pullarini bemalol beruvçi kişilar yanada boyib ketişiga guvoh bölamiz. Şunday insonlardan bir neçtasining hikoyasini keltiramiz. Asli kelib çiqişi sudanlik bölgan britaniyalik telekommunikatsion magnat Mo Ibrohim: «Hamma biz bilan hamkorlik qilişni istaydi. Sizda xuddi işonç sertifikati paydo bölgandek. Köplab korxonalar siz bilan iş yuritişni istab qoladi», deydi. CNN asosçisi Ted Terner esa şunday fikrlarni bildirib ötgan: «Saxiylikni körsatib, siz özingizni ajoyib his qilasiz. Har doim pullarni şamolga soçib yuborganimdek tasavvur uyğonganida, qandaydir ğayritabiiy usul bilan yanada köproq mablağni qabul qilib olaman». Xej-fond asosçisi, milliarder Bill Ekman esa şunday degan: «Beriş menda daromad oliş hissini keltirib çiqarmaydi. Men xayriya faoliyati moliyaviy daromad keltirganiga aminman. Töğridan-töğri emas, balki hayotimda uçratgan kişilar, ğoyalar va turli tajribalar orqali. Köplab döstlarim, şeriklarim va maslahatçilarimni aynan xayriya orqali topganman. Ularning maslahati, fikrlari va qöllab-quvvatlovi juda ham muhim bölgan. Kişi qançalik köp bersa, uning hayoti şunçalik boyib boraveradi».