Kosovoning sobiq boş vaziri Ramuş Xaradinay Fransiyada Serbiya hukumati bergan orderga köra hibsga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, 1998-1999 yillardagi uruşda kosovolik albanlar dala qömondoni bölgan Xaradinay Serbiyada harbiy jinoyatçi hisoblanadi.
Xaradinay Kosovoning boş vaziri lavozimini 2004-2005 yillarda egallagan. Ta'kidlanişiça, Xaradinay BMTning Gaagadagi xalqaro sudida harbiy jinoyatlar işlari böyiça ikki marta sudlangan, biroq oqlangan.
1999 yilda Kosovo ozodlik armiyasining alban ayirmaçilari bilan Serbiya armiyasi örtasidagi qurolli ixtilof Yugoslaviyaning NATO kuçlari tomonidan bombardimon qilinişiga olib kelgan. 2004 yil martida kosovolik albanlar serblarning ölkadan ommaviy ketişi va köplab tarixiy va madaniy yodgorliklarning yöq bölişiga olib kelgan qirğinlar sodir etgan.












