AQŞning Las-Vegas şahrida bölib ötayotgan elektronika va yuqori texnologiyalar sohasidagi CES 2017 xalqaro körgazmasida Snapdragon 835 protsessorining rasmiy taqdimoti ötkazildi. Albatta, kompaniya 2017 yildagi eng qimmat va eng kuçli smartfonlarning asosini taşkil etuvçi platforma haqidagi ma'lumotlarni ötgan yilning noyabr oyidayoq e'lon qilgan edi. 

Snapdragon 835 protsessori - FinFET 10-nm texnologiyasidan foydalanilgan holda işlab çiqilgan ilk platformadir: hajmi avvalgilaridan 35 foizga kiçik çip ötgan yilning eng qimmat smartfonlarida qöllanilgan Snapdragon 820/821 bilan taqqoslaganda 25 foizga kamroq energiya sarflaydi. 

Snapdragon 835 çipining yana bir e'tiborli jihati, u faqatgina smartfonlar uçun möljallanmagan. U virtual va qöşimça reallik displeylari, IP kameralar, planşetlar, mobil kompyuterlar va boşqa Android hamda Windows 10 dasturiy ta'minotlarida işlaydigan iste'mol qurilmalarida qöllanilişi mumkin. Şunday ekan, Qualcomm negizidagi Windows 10 kompyuterlari tez orada paydo bölsa, ajablanarli emas. 

Snapdragon 835 protsessorining asosiy tarkibi gigabitli LTE X16 modemi, Adreno 540 grafik protsessori va Qualcomm Spectra 180 tasvirlarni körsatiş protsessoridan iboratdir.
                                       
Snapdragon 835ning texnologik farqli jihatlari esa quyidagilardan iborat:

Snapdragon 835 avvalgisidan 25 foiz kamroq energiya sarflaydi. Bundan taşqari, çip Qualcomm Quick Charge 4 texnologiyasi bilan jihozlangan bölib, Quick Charge 3.0 ga nisbatan 20 foizga tezroq va 30 foizga samaraliroq quvvatlantiradi. 

Yangi avlod virtual reallik qurilmalariga töliq moslaşa oladi, Google kompaniyasining Daydream platformasi bilan uyğunlikda işlaşi mumkin.
                
Video va fotosuratlar uçun 14 bitli (dual 14-bit ISPs) Qualcomm Spectra 180 kamera protsessori qöllanilgan, u 32 megapikselli yoki ikkita 16 megapiksekli kameraga ega böliş imkonini beradi.

Snapdragon 835 gigabitli X16 LTE modemi va 2x2 802.11ac Wave 2 hamda 802.11ad multigigabitli Wi-Fi bilan jihozlanadi. 

Hozirda, Snapdragon 835 işlab çiqariş jarayonida bölib, uning negizidagi tijoriy mahsulotlar 2017 yilning birinçi yarmida işlab çiqarila boşlanadi. Ular orasida- Samsung Galaxy S8, LG G6, HTC 11, Sony Xperia XZ (2017), ASUS Zenfone AR kabi top modellar bor.