Özbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 2017 yildagi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari va parametrlari prognozi töğrisida»gi qaroriga muvofiq, daromad va qöşimça qiymat soliği uçun ötgan yilgi soliq stavkasi saqlab qolingan. Şuningdek, yagona soliq tölovi, yagona ijtimoiy tölov va jismoniy şaxslar daromadiga solinadigan soliq miqdori özgartirilmagan. Bu haqda Nuz.uz xabar qilmoqda.
Hujjatga köra, 2017 yilda Özbekistondagi qöşimça qiymat soliği 20 foizlik miqdorda saqlab qolingan.
Yuridik şaxslarning daromadiga solinadigan asosiy foiz stavkasi 7,5 foizda, tijorat banklari uçun – 15 foizlik körsatkiçdan özgartirilmagan. Kimoşdi savdolari va ommaviy-köngiloçar tomoşalari ötkazadigan yuridik şaxslar uçun soliq miqdori 35 foizni taşkil etadi.
Jismoniy şaxslar uçun daromad soliği soliq solişning ikkinçi şkalasi böyiça 7,5 foiz darajada saqlab qolingan. Bunda jismoniy şaxslar soliq solinadigan daromadlarining barça guruhlari böyiça şkalasi yil boşidagi eng kam oylik iş haqi — 149775 sömdan kelib çiqqan holda belgilanadi va bu yil davomida eng kam oylik iş haqi özgarişidan qat'i nazar bir xil qoladi.
2017 yilda iqtisodiyotning barça sohalaridagi mikrofirma va kiçik korxonalari uçun yagona soliq tölovi 5 foizni taşkil etadi. Faqatgina lombardlar (30 foiz) hamda ommaviy-köngiloçar tomoşalarni taşkil etişdan daromad qiluvçi yuridik şaxslar (33foiz) istisno qilinadi.
Bundan taşqari, mikrofirmalar va kiçik korxonalar, fermer xöjaliklarining yagona ijtimoiy tölov miqdori ham 15 foizlik miqdorida saqlab qolingan. Boşqa soliq tölovçilar uçun bu raqam 25 foizni taşkil etadi.
Rasmiy prognozga köra, 2017 yilda Özbekiston iqtisodiyoti uçun soliq yuki Yalpi içki mahsulotga nisbatan 18,9 foizga pasayadi. 2016 yilda bu körsatkiç 20,2 foizni taşkil etgan.












