Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari armiya generali Valeriy Gerasimov Rossiya Qurolli kuçlarining Suriyadagi guruhlari qisqartirilişini ma'lum qildi. Uning bayonotiga köra, birinçi bölib «Admiral Kuznetsov» aviataşuvçisi, «Petr Velikiy» kreyseri va ularga hamrohlik qiluvçi kemalar mintaqani tark etadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya Qurolli kuçlari oliy boş qömondoni Vladimir Putin qaroriga muvofiq, Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi Qurolli kuçlar guruhlarini qisqartirişga kirişadi», — degan Gerasimov.
U, şuningdek, 2016 yil 30 dekabr yarim tundan buyon Suriyaning barça hududida öt oçişni töxtatiş tartibi amalda ekanini eslatib ötgan. Bu albatta, terrorçilik guruhlariga joriy etilmaydi.












