AQŞ Şimoliy va Markaziy Yevropadagi ittifoqçilariga 3,4 mlrd dollar miqdorida yordam körsatgan. Davlat kotibi Jon Kerrining sözlariga köra, bu «Rossiya fitnasi»ga qarşi taqdim etilgan. Kerri Vaşingtonda ötkazgan matbuot anjumanida şu haqda söz yuritdi. 

«Biz demokratik Ukrainani qöllab-quvvatlayapmiz va Rossiya fitnasiga javoban Şimoliy va Markaziy Yevropadagi ittifoqçilarimizga yordam berdik», — degan Kerri.

Uning sözlariga köra, bu mablağlar mamlakatlarning xavfsizligini kafolatlaş va mudofaasini barpo etiş uçun zarur bölgan. 

Bundan avval, Kerri özining prezident Obamaga yöllagan sönggi murojaatida 2009-2013 yillarda Moskva va Vaşington örtasidagi munosabatlarni «kuçaytiriş» yadro qurollarini nazorat qiliş hamda Afğonistondagi amerikalik harbiylarga «zarur bölgan aşyolarni yetkazib berişni taşkil etiş»da «sezilarli ustunlik» berganini ta'kidlagan edi. 

Uning qayd etişiça, AQŞ va Rossiya «ayrim sohalardagi» umumiy manfaatlar yölida «birga işlaş salohiyatini saqlab qolgan». Kerri bu fikrining isboti sifatida Arktikadagi faoliyatni muvofiqlaştiriş va Eron yadro dasturi böyiça muzokaralarni keltirib ötgan. 

«Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasiga javoban esa, biz xalqaro hamjamiyatga yetakçilik qilgan holda ukrain halqini qöllab-quvvatlaş maqsadida Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritişimiz kerak», — deb qöşimça qilgan Kerri.