Braziliya şimolidagi qamoqxonada kamida 33 mahbus jonsiz holda topildi. Bu haqda uşbu holat yuz bergan Rorayma ştati hukumati xabar berdi.
"Adliya va fuqarolik masalalari böyiça vazirlik 6 yanvar kuni ertalab "Monte-Kristo agrar penitentsiar muassasasi"da 33 ta ölim holati qayd etilganini xabar berdi. Vaziyat nazorat ostida, maxsus amaliyotlar bataloni jangçilari (Braziliya harbiy politsiyasining nufuzli bölinmasi – tah.) uşbu qamoqxonada hududida", - deyiladi bayonotda.
Hujjatda voqea nima sababdan röy bergan xabar qilinmagan. Şu bilan bir qatorda, UOL internet-portali ma'lumotlariga köra, barça halok bölganlar narkomafiyaning ikki duşman guruhi qarama-qarşiligi oqibatida qurbon bölişgan. Naşrning xabar berişiça, ayni damda uşbu qamoqxonada 1475 jinoyatçi saqlanmoqda, u esa aslida 750 kişiga möljallangan.
Ma'lumot uçun, Braziliya tarixidagi eng yirik qamoqxona isyoni 1 yanvar kuni Manaus şahrida yuz berdi. Öşanda ikki guruh örtasida boşlangan qarama-qarşilik sabab yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 56 kişi halok bölgan.












