Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning vakili Ibrohim Qalin Injirlik aviabazasidan foydalanişni çeklaş masalasi kun tartibida turmagani va bu masala körib çiqilişiga heç kim şoşmayotgani haqida ma'lum qildi.
Turkiya boş vaziri örinbosari Veysi Qaynoq Anqara Injirlik aviabazasidan AQŞ va koalitsiya kuçlari samolyotlari foydalanişini töxtatişi mumkinligi haqida aytib ötgan, bu masala ayni vaqtda kun tartibida ekanini qöşimça qilgandi.
Ma'lumot uçun, Injirlik aviabazasidan AQŞ HHK va Turkiya ikki davlat örtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik doirasidagi kelişuv asosida foydalanadi. Uşbu bazada Suriyadagi terrorçilar marralariga zarbalar uçun foydalaniladigan AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni va Qatar aviatsiyasi joylaştirilgan.
Bazada AQŞning 50 ga yaqin B61 yadro bombasi saqlanadi. Harbiy töntarişga uriniş çoği Turkiya hukumati AQŞ aviatsiyasiga Injirlik bazasidan uçiş va qönişni man etdi, baza qömondonini esa fitnaga aloqadorlikda aybladi.












