«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu öz faoliyatida ön birinçi marta UYeFAning yil ramziy terma jamoasidan örin oldi. Portugaliyalik futbolçining natijasi rekord hisoblanadi.

«Barselona» futbolçisi Lionel Messi sakkizinçi marta yil ramziy terma jamoasidan örin oldi.

2016 yilning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Janluidji Buffon («Yuventus», Italiya).

Himoyaçilar: Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Xerard Pike («Barselona», Ispaniya), Jyerom Boateng («Bavariya», Germaniya), Leonardo Bonuççi («Yuventus», Italiya).

Yarim himoyaçilar: Andres Inesta («Barselona», Ispaniya), Toni Kroos («Real», Germaniya), Luka Modriç («Real», Xorvatiya).

Hujumçilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Kriştianu Ronaldu («Real», Portugaliya), Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya).

Ronaldu ötgan yilda madridliklar jamoasi bilan Çempionlar ligasida ğolib böldi, Portugaliya bilan esa Yevropa çempioniga aylandi. Dekabr oyida 31 yoşli futbolçi France Football tomonidan «Oltin töp» bilan taqdirlandi. 9 yanvarda unga FIFA tomonidan yil öyinçisi uçun mukofot topşirilişi kutilmoqda.