«Mançester Yunayted» klubi «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann bilan şartnoma imzolaşni rejalaştirmoqda. The Sun xabariga köra, «Mançester Yunayted» vakillari fransiyalik futbolçini Angliyaga köçib ötişga köndiriş uçun unga 220 ming funt miqdoridagi maoş taklifini bermoqçi.

Grizmanning transfer qiymati esa 86 million funtni taşkil etişi mumkin. Hozirda inglizlar jamoasi futbolçining agenti bilan muzokara olib bormoqda. Ammo Madrid klubi bilan bu borada aloqaga çiqilmagan.

Bundan oldingi xabarlarda «MYu» 2017 yilning yozida Grizmann va Saul Niges uçun 170 mln yevro (145 mln funt) sarflaşga tayyorligi aytilgandi.