1998-2014 yillarda global isişga doir berilgan hisobot yolğon bölib çiqqandi. Çorşanba kuni çop etilgan Amerika-Britaniya tadqiqotlariga muvofiq, okeanning isişi haqidagi tadqiqot natijalari tasdiqlandi. Bu haqida Daily Sabah naşrida xabar berildi.
Kaliforniya, Berkli va York universiteti (Angliya) olimlari Milliy okean va atmosfera ma'muriyatining (NOAA) 2015 yilgi ilmiy-tadqiqoti natijalarini tasdiqlaşdi. Ilm-fan yutuqlariga bağişlangan Science jurnalida tadqiqot natijalari taqdim etilgandi.
Yangi xalqaro tadqiqot okean haroratiga doir sputnik va dengiz ma'lumotlarini örganib çiqdi. Har ikkala ölçov tizimi ham sönggi 20 yilda haroratning oşganini qayd etdi.
NOAA olimlari okeanlar 2000 yildan buyon Tselsiy böyiça 0,12 darajaga isigani haqida ma'lumot berişdi, bu esa undan avvalgi baholardan (0,07) ikki barobar yuqori natijadir.
Manbaga köra, olimlar bu tadqiqotlarni tekşirişda turli usullar va ma'lumotlardan foydalanişgan. Ta'kidlaş joizki, Yaponiya meteorologik agentligining sönggi ma'lumotlari ham NOAA tadqiqotlarining töğri ekanligini tasdiqlagan.












