AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp 5 yanvarda jahon avtomobilsozligi yetakçisi bölgan Yaponiyaning Toyota kompaniyasiga agar u AQŞ hududida zavod qurmasa, uning mahsulotiga yuqori soliqlar soliş bilan tahdid qildi.  

"Toyota Motor AQŞ uçun Corolla avtomobillari işlab çiqariş maqsadida Meksikaning Baxasida yangi zavod qurişini aytdi. Heç qaçon! AQŞda zavod quring yoki çegarada katta soliqlar tölang", deb yozdi Tramp tvitterda.

20 yanvarda lavozimini bajarişga kirişadigan Tramp öz saylov kampaniyasining muhim bandlaridan biri sifatida AQŞda yangi iş örinlarini, jumladan xorijda işlovçi AQŞ kompaniyalarini ortga çaqiriş bilan yaratişni aytgandi. Tramp bu dasturni amalga oşiriş uçun mamlakat içidagi korxonalar uçun soliqlarni kamaytirib, import mahsulotlar uçun boj tölovlarini oşirmoqçi.

Trampning bu gaplaridan keyin bir qator kompaniyalar işlab çiqarişini AQŞga köçirib ötkazişini yoki yangi korxonalar yaratişini ma'lum qilgan.