2017 yilning 6 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi tomonidan Özbekiston “Tadbirkor ayol” işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil instituti (biznes ombudsman) - tadbirkor ayollar faoliyati rivoji yölida” mavzusida Respublika video-seminar bölib ötdi. Bu haqda Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarni özini özi boşqariş organlari qömitasi Kun.uz’ga xabar berdi.
Bugungi kunda 14 ming nafardan ziyod işbilarmon ayollarni öz safiga birlaştirgan Özbekiston “Tadbirkor ayol” işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan biznesini boşlamoqçi bölgan ayollarga kömaklaşiş, ularning taşabbuslarini röyobga çiqariş, pirovardida yangi iş örinlari yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, ötgan davrda 24 ming nafardan ortiq xotin-qiz biznes asoslariga öqitildi, 16 mingdan ziyod vaqtinça işsiz ayollarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarga yönaltirildi, 130 mingdan köproq yangi iş örinlari taşkil etildi.

Aynan şu maqsadlardan kelib çiqadigan vazifalarni yanada çuqurlaştiriş va jadallaştiriş maqsadida 2016 yilning 5 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev tomonidan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmonining imzolanişi tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqiçini boşlab berdi.
Video-seminar iştirokçilari tomonidan ta'kidlanganidek, Farmonda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş sohasida qonunlar ijrosi ustidan parlament nazorati şakillarini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil institutini taşkil etiş belgilangan.

Bunday vakillik instituti faoliyati yölga qöyilişi tadbirkorlik subektlarining huquqiy qöllab-quvvatlaş, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş, amaldagi qonunçilik me'yorlariga töliq rioya etilişi yuzasidan ijro intizomini takomillaştirişda mustahkam kafolat bölib xizmat qiladi.













