Sobiq öt öçiruvçi Rober Marşan 105 yoşida yangi rekord örnatdi. U Sen-Kenten-an-Ivlin velodromida bir soatda 22 km 528 metr masofani bosib ötdi va 100 yoşdan oşgan velosipedçilar orasida eng yaxşisi böldi.
Marşan bu unvonni 2012 yilda soatiga 24 km 25 metr masofani bosib ötganda olgandi. 2017 yilda bölib ötgan musobaqada aynan u uçun "105 yoşdan kattalar" toifasi kiritildi, biroq bu toifaga undan boşqa xeç kim kiritilmadi.
Ma'lum bölişiça Marşan velosiped sporti bilan 68 yoşidan şuğullana boşlagan va şundan beri izçillik bilan yoş rekordlari örnatib kelmoqda
"Men bu yerga çempion böliş uçun kelganim yöq, aksinça inson 105 yoşida ham velosiped uça olişini isbotlaş uçun keldim. Mening yoşimda eng muhimi – töxtab qolmaslik.
Agarda, misol uçun, maşqlarni töxtatib qöysak, ularni boşqa heç qaçon qaytadan tiklab bölmasligi mumkin", deb aytdi qariya.
Eng yuqori natija körsatilganiga qaramay sobiq öt öçiruvçining özidan köngli tölmadi: "Tabloda oxirgi daqiqa ketayotganini körsatişmadi, körsatilganda men tezlaşgan bölar edim", deb ma'lum qildi Marşan.
Xalqaro velosipedçilar ittifoqi Marşanning rekordini qayd qilişi uçun oldin komissiya a'zolari uni dopingga qarşi tekşirib körişlari kerak böladi.












