Tarmoqda Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida quriladigan yangi köngiloçar boğning loyihasi paydo böldi. U yerda turli-tuman attraksionlar örnatilib, kartodrom quriş va yurtimiz hamda jahondagi diqqatga sazovor joylarning kiçik nusxalarini örnatiş rejalaştirilmoqda.
Yangi boğ Şayxontohur tumanidagi Halqa yöli, Beltepa va Jarariq köçalari kesişmasida joylaşadi (Ibn Sino mavzesi). Loyihaga köra, boğ boşqa köngiloçar maskanlaridan ajralib turadi. Uning hududida savdo majmuasi va ovqatlaniş şoxobçalari qurilib, yangi attraksionlar örnatiladi. Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, bino va inşootlar qurilişida ğayrioddiy arxitektura ğoyalaridan foydalanilgan. Şuningdek, loyihada boğda köp miqdordagi daraxtlar köçatlarini ötkaziş rejalaştirilganini ham köriş mumkin.


Ayni damda loyiha tasdiqlaniş jarayonida va uning oçiliş sanasi noma'lum. Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev Toşkent saylovçilari bilan saylovoldi kampaniyasi vaqtidagi uçraşuvi çoğida poytaxtning turli tumanlarida sakkizta köngiloçar boğni quriş haqida aytib ötgan.















