Donetskning Kiyev tumanida Mercedes rusumli mikroavtobus portlab ketdi. Bu haqda öz-özini boşqaruvçi Donetsk Xalq respublikasi Içki işlar vazirligi saytida xabar berilgan.

Bu hodisa 4 yanvar kuni kunduzi röy bergan. Politsiyaçilarning aniqlaşiça, mikroavtobusda portlovçi qurilmalar olib ketilayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu hodisa ehtiyotsizlik tufayli röy bergan.

Hozirda uşbu hodisa böyiça iş tekşiruvlar olib borilmoqda. Jabrlanuvçilar yoki halok bölganlar haqida ma'lumotlar yöq.