Jahon | 18:31 / 07.01.2017
6687
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya maxsus xizmatlari YeXHTga kiberhujumda Rossiyani gumon qilmoqda

Foto: Reuters

Germaniyanipg konstitutsiyani qo‘riqlash bo‘yicha Federal mahkamasi (BfV — GFR ichki razvedkasi) rahbari Hans-Georg Maasen Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga hujum Rossiyadan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, deb ma'lum qildi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung yozmoqda.

Dekabr oxirida YeXHT 2016 yilning kuzida xakerlik hujumiga uchragani ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda u kim tomonidan amalga oshirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Maasenning ma'lum qilishicha, YeXHTga hujumda APT28 nomi bilan mashhur bo‘lgan xakerlar guruhi infratuzilmasi ishlatilgan. Shuningdek, u APT28 Bundestagga qarshi qaratilgan hujumlarni amalga oshirganini ham eslatib o‘tdi.

"APT28 bilan bog‘liq holatda rossiyalik manbalarning aloqadorligiga doir guvohliklar bor", - deya ma'lum qildi Maasen.

Avvalroq, Fransiyaning Monde gazetasi nomi oshkor etilmagan "g‘arbdagi maxsus xizmatga" asosan YeXHTga xakerlik hujumi APT28 guruhi harakatlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgani haqida yozgandi.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 2016 yilda OAV orqali Rossiyani Demokratik partiya serverlarini buzib kirishda ayblagandi. Bu Donald Trampga saylovda g‘alaba qozonishiga yordam berish maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda, Rossiyaning hujumlarga aloqadorligi yuzasidan biror dalil keltirilmagan.
 

Mavzuga oid