Jahon iqtisodiy inqirozi sababli oxirgi ikki yilda Turkmaniston va Xitoy örtasida savdo aylanmasi hajmi kamaydi. Bu haqda Xitoyning Aşxoboddagi elçisi Sun Veydun "Neytralnyy Turkmenistan" naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

Turkmaniston va Xitoy örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligiga bağişlangan naşrdagi maqolada Xitoy elçisi agar 1992 yilda ikki davlat örtasidagi savdo hajmi 4,5 mln dollarni taşkil qilgan bölsa, 2013 yilga kelib bu körsatkiç 10 mlrd dollardan oşib ketganini aytdi.

Elçining aytişiça, "Xitoy oxirgi 5 yil içida Turkmanistonning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi".

Oxirgi ikki yil içida ikki davlat örtasidagi savdo hajmi pul ekvivalentida kamaygan, biroq hajm avvalgiça qolgan. 2016 yilning 11 oyi içida savdo aylanmasi 5,4 mlrd dollarga yetgan. 

Xitoy elçisining aytişiça, 2009 yilda uzunligi 1800 km ni taşkil qiluvçi Turkmaniston-Xitoy transçegaraviy gaz quvurining işga tuşirilişi bilan Xitoy Turkmanistondan 160 mlrd kub metr gaz sotib olgan va turkman gazining eng yirik importçisiga aylangan. Elçining ta'kidlaşiça, Pekin aholisi iste'mol qiladigan gazning uçdan bir qismi turkman gazi hisobiga töğri keladi. 

Turkmaniston gaz zaxiralari böyiça dunyoda 4-örinda turadi, Xitoy esa energetika zaxiralarining eng yirik iste'molçisi hisoblanadi.