Xitoyda erkak 21 yil avval qurolli öğirlik sodir etişda iştirok etgani uçun hibsga olindi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

Hodisa Guançjou şahrida 1995 yilning 22 dekabr kuni yuz bergan. Öşanda Çen Syuymin ismli jinoyatçi va uning tört nafar hamtovoği banklardan birining oldida turgan inkassatorlik avtomobiliga hujum qilib, qöriqçini otib öldirişgan. Şundan söng içida taxminan 2,18 million AQŞ dollari bölgan transport vositasi olib qoçib ketilgan.

Politsiya bir neça hafta ötib Syuyminning tört nafar jinoiy şerigi, şuningdek inkassatorlarga qurol işlatgan holda hujum qilişga aloqador bölgan 10 nafar şaxsni qölga oldi. Ulardan yettita töpponça, deyarli 300 ta öq, 20 dan ortiq qölbola granata va ömarilgan mablağning topilgan. Biroq Çen Syuyminni qölga tuşira olişmagan. Uni qidirişga 3,5 ming politsiya xodimi jalb etildi, işlar qöşni viloyatlarda ham ötkazilgan.

China Daily gazetasining Guançjou şahar jamoat xavfsizligi boşqarmasiga asosan xabar berişiça, Syuymin payşanba kuni Yunnan viloyatidagi bozorda qölga olingan. Erkak Guançjouga olib kelindi. Politsiya ma'lumotlariga köra, u öz ismini özgartirgan hamda plastik jarrohlik amaliyotini ötkazgan.

Jinoyatçi öz aybiga iqror bölgani aytilgan.