Toşkent şahar hokimiyati huquq idoralari va jamoat taşkilotlarining oilasidan ajralgaç, öz majburiyatini bajarmay, alimentni vaqtida tölamaydiganlarga qarşi amaliy çora işlab çiqdi. Şu maqsadda, 2016 yilning 21 dekabrida “Toşkent şahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari böyiça davlat organlari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorligini yanada kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 1137-sonli qöşma qaror qabul qilindi. Bu haqda, şahar hokimiyati matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar hududiy boşqarmasiga kelib tuşgan jami 1 524 ta murojaatdan 688 tasini (45,1%) davriy aliment qarzdorliklar bilan boğliq masalalar taşkil qilgan. 2016 yil 1 dekabr holatiga köra, sud ijroçilari bölimlari iş yurituvida 21.904 ta aliment undiruvi bilan boğliq ijro hujjati borligi ta'kidlangan. Qarorni qabul qilişda, şuningdek, 2015-2016 yillar davomida jami 9.307 ta yangi ijro hujjati kelib tuşganligi inobatga olingan.
Mazkur qaror keng jamoatçilikni taşvişga solayotgan oilaviy ajralişlar oqibatida jabr çekayotgan farzandlarning manfaatlarini ta'minlaşga xizmat qiladi. Xususan, yuqorida qayd etilgan masalalarning amalda qanday hal etilişi, uning işlaş mexanizmi, bunda hamkorlarning vazifalari, ulardan közlangan maqsad va natijalar haqida ham alohida söz boradi.
Bugungi kunda oilaviy ajralişlar sonini kamaytiriş maqsadida mer'yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlanmoqda. Jumladan, Oila kodeksi ajraliş uçun davlat bojini bir neça marotaba oşirişni közda tutuvçi tuzatişlar kiritiş ustida iş olib borilmoqda.
Bundan taşqari, Toşkentdagi 505ta mahalla qömitasi huzurida taşkil etilgan yaraştiriş komissiyalarining faoliyati kuçaytirilgan. Ular körgan çoralar natijasida 1000 dan ortiq oila saqlab qolingan, tirik ota-onalari bölgani holda 1300 dan ortiq farzand yetim bölib qolmagan.
Şuni alohida ta'kidlaş zarurki, statistik ma'lumotlarga Toşkent şahri, hozirça, oilalar ajrimi körsatkiçi böyiça Özbekiston mintaqalari orasida birinçi örinni egallab turibdi.

















