AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp maşhur aktyor Arnold Şvartseneggerni "Maşhurning şogirdi" realiti-şousining past reytinglari uçun tanqid qildi. Hozirda aktyor uşbu şouga boşlovçilik qilmoqda.
Tramp bu haqdagi fikrini tvitterda çop etdi. "Reytinglar çop etildi va Arnold Şvartsenegger reytinglar ustasi Donald Trampga nisbatan kasodga uçradi", deb yozgan Tramp öz haqida uçinçi şaxsda gapirib. "Mana senga kinofilmlar yulduzi va biz şouning 1-mavsumini 14-mavsumi bilan taqqoslamoqdamiz. Endi uning natijalarini mening birinçi mavsumdagilar bilan taqqoslang. Biroq bu kimni ham taşvişlantirardi, axir u Keysik va Hillarini qöllab-quvvatlagan", deb tanqid qildi aktyorni Tramp.
Uşbu şouni Şvartseneggerdan avval Tramp olib borgan, biroq u AQŞ prezidentlik poygasida aytgan mojaroli sözlari uçun şoudan böşatib yuborilgandi. Şou yanvar oyida yana tiklandi, biroq bu gal unga Şvartsenegger boşlovçilik qila boşlagan.
Uşbu teleşouda xayriya taşkilotlariga iloji boriça köproq mablağ yiğişga intiluvçi yulduzlar iştirok etadi. Uşbu şou tadbirkorlar Tramp kompaniyalaridan birida işlaş huquqini qölga kiritiş uçun kuraş olib borgan "Şogird" loyihasining bir yönalişi hisoblanadi.
Şvartsenegger respublikaçilar tarafdori bölsada, saylovoldi poygasi vaqtida uşbu partiya vakili bölgan Trampni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan. Aktyor buni mamlakatning manfaatlarini partiyanikidan ustunroq qöyişi bilan tuşuntirgan. Aktyor jumladan Trampning raqiblari Hillari Klinton va Ogayo ştati gubernatori Jon Keysikni qöllab-quvvatlagan.

















