AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Donald Trampning Twitter ijtimoiy tarmoğidagi elektron sahifasini xalqaro siyosiy masalalar böyiça aloqa qilişning yaxşi usuli deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.

"Men Twitter’da xalqaro siyosat böyiça bayonot bermayman. 140 ta belgi biz qabul qilayotgan murakkab tanlovlarni bizga munosib tarzda ifodalaşga imkon beradi, deb öylamayman", deb javob berdi Kerri boşlovçining Trampning Rossiya va Tayvan kabi xalqaro mavzular böyiça tvitlari borasidagi savoliga.

Kerri AQŞ hukumati aloqaning boşqa turini tanlaşiga umid bildirdi. "Biroq hammasi ma'muriyatga boğliq", deb aytdi Kerri.