Sport | 17:47 / 08.01.2017
13531
1 daqiqa o‘qiladi

Aziz Haydarov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Foto: the-uff.com

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov faoliyatini Rossiya yoki Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Dubaydagi manbaning xabar qilishicha, Aziz Haydarov to‘p surayotgan Dubayning "Al Shabob" klubi haligacha futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olmagan. 31 yoshli futbolchining Dubay klubi bilan amaldagi shartnomasi 6 oydan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.

Tayanch yarim himoyasida harakatlanadigan bu futbolchiga Rossiya hamda Saudiya Arabistoni klublari taklif bilan chiqishgan. Shuningdek, BAA chempionatida ishtirok etuvchi mahalliy klublar ham Aziz Haydarovni o‘z tarkibiga qo‘shib olish istagida futbolchiga bir necha bor so‘rov yuborishgan.

Ma'lumot o‘rnida, "Al Shabob" jamoasi 2011 yil yozida Aziz Haydarovni 300 ming funt sterling evaziga "Bunyodkor" klubidan xarid qilgandi.

Mavzuga oid